Markaziy Osiyo va Mongoliyada barqaror qurilishga qiziqish ortib bormoqda: ko‘plab binolar LEED, BREEAM, WELL va EDGE kabi tizimlarda sertifikat olmoqda.
Buning sababi shundaki, xalqaro taraqqiyot institutlari ushbu rivojlanayotgan bozorlarni rag‘batlantirib, imtiyozli moliyalashtirishni barqaror loyihalarga tobora ko‘proq yo‘naltirmoqda. Binobarin, rivojlanayotgan bozorlarda bunday loyihalarni tobora ko‘proq ko‘ramiz.
LEED, BREEAM, WELL va EDGE ekologiya va iqlimga salbiy ta’sirni kamaytirish, shuningdek, binoning sifati va ekspluatatsion xususiyatlarini oshirishga qaratilgan ilg‘or G‘arb va jahon qurilish amaliyotlarini o‘z ichiga oladi. Har yili tobora ko‘proq obyekt ushbu tizimlar sertifikatlarini olib, shu tariqa yashil bino maqomini jahon miqyosida tasdiqlamoqda.
O‘tkazgan tadqiqotimiz natijasida 2024-yil iyun holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Mongoliyada 164 ta bino sertifikatsiya uchun ariza topshirgani va ulardan 34 tasi sertifikat olgani aniqlandi.
Markaziy Osiyo va Mongoliyadagi yashil sertifikatlangan obyektlar statistikasi
Statistika 2024-yil aprel holatiga ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliyada EDGE, LEED, BREEAM va WELL yashil qurilish standartlari bo‘yicha sertifikatlangan obyektlar soni va olingan sertifikatsiya darajalarini ko‘rsatadi.
* WELL Health-Safety Rating — binolardagi insonlar salomatligi xavfsizligi reytingi. Hozirda ushbu hududlarda WELL Certification bo‘yicha sertifikatlangan obyektlar kam, chunki bu amalga oshirish uchun ko‘proq sa’y-harakat, bilim va tasdiqlarni talab qiladigan eng murakkab sertifikatsiya tizimidir.
Yashil standartlarni joriy etayotgan binolar misollari
Toshkentdagi Namuna Development kompaniyasining NUR turar joy majmuasi — EDGE sertifikatsiyasi
NUR turar joy majmuasi 9 va 16 qavatli 30 ta binoni o‘z ichiga oladi, ulardan 20 tasi sertifikatsiyadan o‘tmoqda. Majmua keng infratuzilmaga ham ega va shaharning qoq markazida joylashgan. Majmua maydoni 3.55 gektarni tashkil etadi.
Sertifikatsiya jarayonida:
• Turar joy majmuasini EDGE tizimi bo‘yicha sertifikatlash uchun texnik strategiya ishlab chiqildi. Energiya samaradorligi, suvni tejash, materiallarning hayotiy siklini baholash, materiallar va uskunalarni tanlash hamda
qurilish usullarini tashkil etish bo‘limlari tahlil qilindi;
• Loyihalash va qurilish bosqichlarida EDGE talablari joriy etiladi;
• Loyihalash va qurilish bosqichlarida kompleks audit uchun hujjatlar tayyorlanadi.
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi — LEED sertifikatsiyasi
Zamonaviy san’at markazi — sobiq dizel elektr stansiyasi (1912), ta’mirlash ishlari 2022-yilda boshlangan. Maqsadli Gold reytingiga ega LEED loyihasi.
Sertifikatsiya jarayonida:
• LEED sertifikatsiyasi uchun texnik strategiya ishlab chiqildi.
• Konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida obyekt baholandi.
• Barqaror qurilish-montaj ishlari uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Toshkentdagi O‘zbekiston davlat muzeyi — LEED sertifikatsiyasi:
O‘zbekiston davlat muzeyi — umumiy maydoni 40 000 m2 bo‘lgan loyiha. Ushbu muzey Toshkentning tarixiy qismida, O‘zbekistonning eng yirik milliy bog‘i hududida joylashgan. Rejalashtirilgan bino to‘qqiz qavatdan, jumladan uchta yerosti qavatidan iborat.
Sertifikatsiya jarayonida:
• Muzeyni LEED tizimi bo‘yicha sertifikatlash uchun texnik strategiya ishlab chiqildi.
• Loyihalash bosqichida LEED talablariga muvofiqlik tekshirildi.
• Dastlabki energetik tahlil o‘tkazildi.
Statistik ma’lumotlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliya ofislar, turar joylar, infratuzilma va sanoat obyektlari kabi toifalarda yashil sertifikatsiya tizimlarini joriy etayotganini ko‘rsatadi. Yashil taksonomiyalarning paydo bo‘lishi yashil qurilish rivojiga kuchli turtki beradi. Ular EDGE, LEED, BREEAM va WELL bo‘yicha sertifikatlangan loyihalar yashil loyihalar toifasiga kirishini hamda yashil moliyalashtirishni jalb qilishi va yashil obligatsiyalar chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu bozorni barqaror loyihalarga o‘tishga rag‘batlantiradi.
Shuningdek, ushbu hududlardagi IFC, EBRD, ADB va boshqa taraqqiyot banklari barqarorlik va ijtimoiy tarkibiy qismlarga ega loyihalar uchun moliyalashtirish liniyalarini yo‘naltiradi. Bunday loyihalar barqaror rivojlanishning asosiy talablariga javob beradi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi va yuqoriroq qiymatga ega. Ular energiya samarador bo‘lib, bu binoni ekspluatatsiya qilish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi va ulardagi insonlar salomatligi uchun qulaydir.