Hujjat oyna ochilganda yuklab olinadi.
EDGE Expert treningi
HPBS kompaniyasi IFC (International Finance Corporation) bilan hamkorlikda yashil qurilish va EDGE tizimi bo‘yicha treninglar turkumini o‘tkazmoqda. Toshkentdagi EDGE Expert treninglarida qatnashing, shundan so‘ng “xalqaro EDGE eksperti” maqomini olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.
Trening dasturi:
1-kun
1-sessiya
Jarayon va metodologiya
-
Yashil bino va EDGE tizimi
-
“Yashil bino” ta’rifi
-
EDGE sertifikatlashga kirish
-
EDGE metodologiyasi va dasturiy ta’minoti
2-sessiya
-
EDGE dasturiy ta’minoti bilan amaliy seminar.
3-sessiya
-
EDGE sertifikatlash: jarayon va ishtirokchilar
-
Qanday qilib EDGE eksperti bo‘lish mumkin
-
Qurilayotgan binolarni sertifikatlashning asosiy bosqichlari
2-kun
4-sessiya
Sertifikatlash mezonlari:
-
Energiyani tejash
-
Suvni tejash
-
Qurilish materiallarining kamaytirilgan uglerod izi
Amaliyot
-
Sertifikatlash uchun ma’lumot yuklash va ro‘yxatdan o‘tishning amaliy misoli
O‘zbekistondagi loyihalarning o‘ziga xos jihatlari
Trening barcha xohlovchilar uchun.
O‘qituvchilar:
-
Ilya Zavaleev — HPBS kompaniyasi bosh direktori, xalqaro yashil standartlar bo‘yicha akkreditatsiyalangan ekspert: EDGE (Faculty, Auditor, Expert), LEED AP BD+C, WELL AP, IBPSA regional affiliate.
-
Anastasia Andyuseva – quyidagi standartlar bo‘yicha akkreditatsiyalangan amaliyotchi ekspert: EDGE Auditor, EDGE Expert, LEED AP BD+C.
Trening davomiyligi: 2 kun, har kuni 4 soatdan.
O‘tkazish formati: bevosita ishtirok etiladigan trening.
Ta’lim tili: rus tili.
Treningda ishtirok etish narxi: 200 $ (2 550 000 so‘m)
Trening qanday afzalliklarni beradi?
EDGE Expert dasturi bo‘yicha ta’lim olish va keyinchalik EDGE eksperti bo‘lish yashil qurilish sohasidagi bilimlarni kengaytirish, ekspert malakasini oshirish, karyera o‘sishi imkoniyatlari va mutaxassisning yangi yashil bozordagi talabgirligini oshirish imkonini beradi.
Kompaniyalar uchun xodimlarni EDGE Expert dasturi bo‘yicha o‘qitish ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasini oshirish, mijozlarga alohida qiymat taqdim etish, shuningdek, jamoaga yangi iqtidorlarni jalb qilish imkonini beradi.
EDGE Expert malakasini olish uchun:
-
qurilish sohasida oliy ma’lumotga yoki oliy ma’lumot va qurilish sohasidagi mutaxassislikka ega bo‘lish;
-
EDGE Expert trening dasturi bo‘yicha ta’lim olish;
-
Prometric platformasida imtihon topshirish.
EDGE Expert imtihoni narxi: $100 (treningda ishtirok etish narxiga kirmaydi va ishtirokchilar tomonidan GBCI orqali alohida to‘lanadi). Imtihon muvaffaqiyatli topshirilganda, ayollar uchun EDGE Expert imtihoni narxi kompensatsiya qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza topshirish
Qo‘shimcha:
Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi sertifikatlangan loyihalar
Hoziroq maslahat va taklif oling
Anna Zavaleeva
CEO, HPBS Central Asia
Hoziroq maslahat va taklif oling
Anna Zavaleeva
CEO, HPBS Central Asia