EDGE nima?
EDGE — Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan ishlab chiqilgan yashil qurilish standarti. LEED, WELL va BREEAM kabi keng tarqalgan standartlardan farqli ravishda, EDGE talablari keng qurilish bozoriga mo‘ljallangan hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishida ilk qadamlarini tashlayotgan developer va quruvchilarga mos keladi. Sertifikatsiya jarayoni deyarli har qanday binoda qo‘llash mumkin bo‘lgan qulay va amalga oshiriladigan yechimlar majmuasini taqdim etadi.
EDGE standarti yashil binolarni uch toifa bo‘yicha baholaydi
-
Energiyani tejash
-
Suvni tejash
-
Qurilish materiallarining uglerod izini kamaytirish
Barcha hisob-kitoblar EDGE App onlayn platformasida amalga oshiriladi.
EDGE sertifikatsiyasi darajalari
EDGE uchta toifa bo‘yicha erishilgan qisqartirish ko‘rsatkichlariga qarab bir nechta sertifikatsiya darajasini nazarda tutadi.
EDGE Certified — Boshlang‘ich sertifikatsiya darajasi
-
Har bir toifada kamida 20% qisqartirish: suvni tejash, energiyani tejash va qurilish materiallarining uglerod izini kamaytirish.
EDGE Advanced — Ilg‘or sertifikatsiya darajasi
-
Energiya toifasida 40%, qolgan toifalarning har birida esa 20% qisqartirish
-
Ushbu toifadagi bino “nol uglerod chiqindilariga tayyor” (Zero Carbon Ready) deb hisoblanadi, bu uning yuqori energiya samaradorligi darajasi va uglerod izini minimallashtirishga tayyorligini ta’kidlaydi.
Zero Carbon — Nol chiqindili binolar uchun sertifikatsiya darajasi
-
Bino ekspluatatsiya bosqichidagi uglerod chiqindilarini 100% kompensatsiya qiladi.
-
Asosiy sertifikat olinganidan keyin bir yil ichida olish mumkin va davriy uzaytirishni talab qiladi.
Sertifikatsiya turli maqsaddagi obyektlar uchun mavjud
-
Turar joy binolari (yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar, taunhauslar va boshqalar)
-
Mehmonxonalar
-
Savdo binolari
-
Ofislar
-
Kasalxonalar
-
Ta’lim muassasalari
-
Omborlar
-
Yengil sanoat
Sertifikatsiya jarayoni
Yangi qurilish obyektlarini sertifikatlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
-
Loyihalash bosqichida loyiha hujjatlari EDGE talablariga muvofiqligi yuzasidan kompleks auditdan o‘tkaziladi. Dastlabki (vaqtinchalik) sertifikat beriladi.
-
Qurilish tugagach, ijro hujjatlari audit qilinadi va qurilgan obyekt tekshiriladi. Yakuniy sertifikat beriladi.
EDGE nafaqat yangi binolarni, balki foydalanishga topshirilgan binolarni ham sertifikatlash imkonini beradi. Foydalanilayotgan bino uchun sertifikatsiya bir bosqichda amalga oshiriladi: hujjatlar auditi o‘tkaziladi va auditor obyektga tashrif buyuradi. Audit natijalari asosida yakuniy sertifikat beriladi.
Qo’shimcha ma’lumot:
- EDGE sertifikati
- Qaysi qurilish sertifikatlash tizimini tanlash kerak? EDGE, LEED, BREEAM, WELL
- Korzinka EDGE sertifikati
- Yangi Toshkent shahridagi qurilishni sertifikatlash: Investorlar uchun talablar