Savollar bormi? Bizning pochtaga yozing:

info@hpbs.uz

Korzinka sertifikatsiya EDGE

project image

Korzinka – O'zbekistondagi keng ko'lamli supermarketlar tarmog'i, Anglesey Food kompaniyasiga tegishli. 1996 yilda tashkil etilgan va O'zbekiston Respublikasida turli formatdagi supermarket tarmog'i sifatida ishlaydigan birinchi chakana savdo tarmoqlaridan biridir.

 

HPBS Anglesey Food kompaniyasiga "Korzinka" Ta'minot Markazi uchun EDGE (World Bank Group) sertifikatini olish bo'yicha konsultant va auditor hisoblanadi.

Rejalashtirish va qurilish jarayonlarini quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali kuzatib boradi:

 

1. Loyiha va qurilish jarayonini qo'llab-quvvatlash, jumladan:

  • Sertifikatlash uchun texnik strategiyani ishlab chiqish;
  • Loyihalash va qurilish bosqichida audit uchun daliliy hujjatlarni shakllantirish.

2. EDGE bo'yicha audit o'tkazish

  • Loyihalash bosqichida, dastlabki sertifikatlash;
  • Qurilish bosqichida: auditorning ob'ektni tekshirish va yakuniy sertifikatlash.

 

 

EDGE sertifikatini olish

 

EDGE sertifikatlash jarayonidan o‘tgandan so‘ng, Ta'minot Markazida suv va energiya iste'molini tejash hamda qurilish materiallarining uglerod izini kamaytirish uchun mezonlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bunday yondashuv biznesni uzoq muddatli iqlim xavflariga chidamli qiladi.

 

EDGE standarti IFC (Xalqaro Moliya Korporatsiyasi) tomonidan Jahon Banki guruhi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashil va barqaror qurilishni ilgari surish va soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Ushbu sertifikatlash jarayonidan o‘tish xalqaro institutlardan turli xil imtiyozlar olish imkonini beradi. Shuningdek, Markaziy Osiyo uchun mahalliy banklardan yashil moliyalashtirish olishning qulay vositasi bo‘lib, Yashil taksonomiya talablariga mos keladi.

 

Yashil sertifikat olish va yashil moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar uchun info@hpbs.uz elektron pochtasiga yoki +998 90 826 71 83 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Qo'shimcha: